Bo‘stonliqda yangi rahbarlar: ko‘tarilishmi yoki sho‘ng‘ish?
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga yangi prokuror, shuningdek, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi.
Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan O‘ktam Saidov tuman prokurorligiga munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Zarif Zokirov tuman DSI boshlig‘iga aylandi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimida ishlagan Sherzod Shermuhamedov esa endi tuman IIBga rahbarlik qiladi.
Yangi tayinlovlar nomi qayd etilgan shaxslar uchun mansab pillapoyalaridan sho‘ng‘ish emas, ko‘tarilish deyish mumkin. Zero, davlat rahbari tomonidan imzonlangan «Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga ko‘ra, tuman hokimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysuntirildi.
Tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq bo‘linmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari o‘rinbosarlariga tenglashtirildi.
Eslatib tamiz, kuni kecha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Investitsiyalarni jalb qilish va turizm infrastrukturasini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ahmedov Bo‘stonliq tumani hokim etib tayinlangani xabari berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter