Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda rahbar va nazoratchi 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yubordi

Bo‘stonliqda rahbar va nazoratchi 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yubordi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «A.I.» MChJ rahbari A.S., «S.S.» MChJ QK sobiq texnik nazoratchisi Z.X. va boshqalar hududdagi 2 ta MFYda suv ta’minoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring