Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqdagi mushtlashuvda erini himoya qilgan ayol ikki kishini pichoqladi

Bo‘stonliqdagi mushtlashuvda erini himoya qilgan ayol ikki kishini pichoqladi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 2020 yil 4 may kuni soat 16.30 da qo‘shnilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi va 33 yoshli X.X. erini himoya qilish maqsadida ikki kishiga pichoq urdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Bo‘stonliq tumani Xo‘ja MFYda qo‘shnilar 42 yoshli M.M. va 47 yoshli K.M. hamda 35 yoshli U.X. o‘rtasida avvaldan mavjud bo‘lgan nizo sabab o‘zaro mushtlashuv yuzaga keladi. Mushtlashayotganlarni ko‘rgan X.X oshxonadan pichoq olib, M.M. va K.M.larga tan jarohati yetkazadi va turmush o‘rtog‘ini ajratib oladi.

Natijada M.M. va K.M.lar olgan tan jarohatlari bilan Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkalasiga ham «og‘ir» tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona oshxona pichog‘i va qon dog‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring