Prezident Bo‘stonliq tumani hokimi va soliq inspeksiyasi rahbarini ishdan oldi
Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev tanqidiy-tahliliy ma’ruza qilmoqda.
Manbaning xabar berishicha, turizmni rivojlantirmagani, bu borada biror-bir taklif bilan chiqmagani va oyog‘i yerdan uzilgani uchun Bo‘stonliq tumani hokimi va soliq inspeksiyasi rahbari sessiyaning o‘zida Prezident tomonidan ishdan olingan.
Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter