Boshlanishiga $1,32 trln dollar. Polsha Germaniyadan «urush puli»ni undirmoqchi
Polsha hukumati Germaniyadan $1,32 trln talab qilmoqchi. «Huquq va adolat» yetakchi partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiyning aytishicha, Varshava Ikkinchi jahon urushida o‘ziga Germaniya yetkazgan zararni shuncha, deb hisoblamoqda. Reparatsiya miqdorini maxsus komissiya hisoblab chiqqan, deb yozdi Reuters.
Kachinskiy ta’kidlashicha, ko‘rsatilgan mablag‘ni «Germaniya bemalol to‘lashga qodir» va kelgusida to‘lov miqdori oshishi ham mumkin.
Hozircha Polsha Germaniyaga rasmiy talab bilan murojaat qilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter