Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari endi maktabga 5 kun boradi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari endi maktabga 5 kun boradi

Foto: «Fikr.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 11-sonli yig‘ilish bayoni bilan O‘zbekiston maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qish tartibiga o‘zgartish kiritildi.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 1-martidan boshlab tizimli ravishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida haftalik o‘quv davomiyligi 5 kunlik tartibga o‘tiladi. Demak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun shanba va yakshanba kunlari dam olish bo‘ladi.

Ushbu tartib kiritilishidan asosiy maqsadlardan biri oilaviy dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, ichki turizmni yanada rivojlantirishdan iboratdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring