Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshlandi: «AT&T» 2018-yilning oxiriga qadar 5Gni ishga tushiradi

Boshlandi: «AT&T» 2018-yilning oxiriga qadar 5Gni ishga tushiradi

Foto: «NV.ua»

AQShning yirik mobil kompaniyalaridan biri — «AT&T» mamlakatning 12ta shahrida yangi 5G tarmog‘ini 2018-yilning oxiriga qadar ishga tushirishini ma’lum qildi, deb yozadi «NV.ua».

5G yordamida operatorlar virtual reallik, 4K videolarni uzatish va haydovchisiz avtotransport vositalarini boshqarish kabi xizmatlarni taqdim etishda foydalanishi mumkin. AQShning boshqa uyali aloqa kompaniyalari — «Verizon», «T-Mobile» va «Sprint» ham 5Gni ishga tushirish niyatida, biroq hozircha ular  o‘z rejalarini ma’lum qilishgani yo‘q.

Ekspertlarning fikricha, 5G jahon iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida mobil telefonlar, chipsetlar va tarmoq qurilmalarini, shuningdek, dasturiy ta’minotni yaratuvchilar tadqiqot va kapital xarajatlar uchun 200 milliard dollar sarflashi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring