Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

Arxiv foto.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq parlamentda vakillar palatasining eng ko‘p ovozini olgan Yosixide Suga Yaponiya yangi bosh vaziri bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring