Bosh vazirga yana bir maslahatchi tayinlandi
Hukumat qarori bilan Abrol Vahobov Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.
Abrol Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Avvalroq, hukumat qarori bilan Alisher Sultonovga Bosh vazirning Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajarish yuklangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter