Bosh vazir Urganchda norozilik namoyishchilari bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahri Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni joyiga chiqib o‘rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etish uchun Bosh vazirga topshiriq bergan.
«Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, shunga muvofiq Bosh vazir Angrendan Xorazmga yetib borgan. Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan odamlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan.
Ayni paytda aholiga kompensatsiya pullari o‘sha yerning o‘zida to‘lab berilmoqda.
Ma’lum qilishlaricha, hukumat umuman joylarda obodonlashtirish ishlari, jumladan, buzilishlar yuzasidan bir guruh deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovni o‘rganib chiqmoqda, qonunchilikda belgilangan tartibda deputalarga va jamoatchilikka bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter