Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborildi
Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida senatorlar qishloq xo‘jaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
So‘rov yuborish tashabbusi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan ilgari surildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilning birinchi yarim yilligida 2 milliondan ortiq kishi fermer xo‘jaliklarida ish bilan band. Ularning 500 mingdan ziyodi rasman ishga joylashtirilgan. Qolgani kishilar esa norasmiy band bo‘lganlardir.
Majlisda ushbu masala muhokama qilindi va mehnati norasmiy bandlik deb e’tirof etilayotgan kishilarning manfaatini ta’minlash zarurligiga e’tibor qaratildi. Senatorlar parlament so‘rovi yuborish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter