Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga o‘tkazilmoqda
Ilg‘or xorijiy tajriba inobatga olinib, Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash vakolati Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga o‘tkazilmoqda.
Bu haqda bugun, 9 mart kuni Oliy Majlisning Quyi palatasida bo‘lib o‘tayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasiga taqdim qilishdan oldin Prezident tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda. Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin Prezident Bosh vazirni lavozimga tayinlaydi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini ilgari surish faqat Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p ovoz olgan partiya irodasiga bog‘lab qo‘yilgan. Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki ta’minlanadi. Ya’ni, bu boradagi qoidalar yanada demokratlashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter