Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir: «Endi hokimlar xalq ta’limi xodimlarini majlisga chaqirmaydi»

Bosh vazir: «Endi hokimlar xalq ta’limi xodimlarini majlisga chaqirmaydi»

Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda kechagina Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari qatnashdi. Bosh vazirning topshirig‘iga ko‘ra, bundan buyon maktablar mahalliy yo hududiy hokimliklarga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi.

— Endi hokimlar hududlardagi xalq ta’limi xodimlari yoki rahbarlarini turli majlislarga chaqirishga haqqi yo‘q. Maktablar bevosita Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi, — dedi A.Aripov.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 17-aprel kuni Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Bizni kuzatishda davom eting.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring