Bosh vazir: Britaniya koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi
Buyuk Britaniya koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi, deya e’lon qildi mamlakat bosh vaziri Boris Jonson. U keyingi hafta epidemiyadan so‘ng iqtisodiyotni tiklash hamda o‘quv muassasalarini ishga tushirish rejasini taqdim etishga va’da berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Shuni ma’lum qilamanki, biz cho‘qqidan o‘tdik...», — dedi Jonson COVID-19 dan tuzalib ishga chiqqandan so‘ng o‘zining ilk matbuot-brifingida. — Keyingi hafta iqtisodiyotimizni tiklash, bolalarni maktabga qaytarish bo‘yicha rejani taqdim etaman».
Lekin u hozircha karantin qoidalarini cheklash yoki bekor qilish haqida gapirish erta ekanligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter