Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov va BAA vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy «ICTEXPO» ko‘rgazmasida (foto)

Bosh vazir Abdulla Aripov va BAA vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy «ICTEXPO» ko‘rgazmasida (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida «O‘zekspomarkaz» MKK AJda «mGovAward» konferensiyasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Konferensiyada yuqori martabali mehmonlar — O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy, O‘zbekistonning bir qator vazirliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, AKT vazirligi ko‘magida IT-Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda birinchi marotaba dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan respublika tanloviga start berildi.

Shuningdek, konferensiyada tanlov muddatlari ham ma’lum qilindi:

  • 26-sentyabrdan tanlov ochiq deb e’lon qilinadi;
  • 2-oktyabrdan 30-noyabrgacha hududlarda targ‘ibot o‘tkaziladi;
  • 1-dekabrdan 2020-yil 1-yanvargacha talabalardan arizalar qabul qilinadi;
  • 2020-yil 2-yanvardan 28-fevralgacha arizalar baholanib saralanadi;
  • 2020-yil 12-13 mart kunlari saralangan loyihalar taqdimoti uyushtiriladi;
  • 2020-yil 14-martda tanlov yakunlanib, g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Tanlovning mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollaridan iborat va birinchi o‘rin uchun mukofot 50 000 $, ikkinchi o‘rin uchun – 30 000 $ va uchinchi o‘rin uchun – 20 000 $ miqdorida belgilangan.

Konferensiya yakuniga yetgach, mehmonlar AKT haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy «ICTEXPO» ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirishdi.

«Xabar.uz» ushbu tashrifdan fotoreportaj tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring