Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘sh sudyalik lavozimlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi

Bo‘sh sudyalik lavozimlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga navbatdagi tanlovni e’lon qiladi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘sh sudyalik lavozimlarining hududlar kesimi bo‘yicha  ro‘yxati:

Surxondaryo viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

 Farg‘ona viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

 Xorazm viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

 Toshkent shahri:

  1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
  3. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  4. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi  (1 nafar);
  5. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
  6. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  7. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (2 nafar).

 Toshkent viloyati:

  1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
  2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi (3 nafar);
  3. Fuqarolik ishlari bo‘yicha  Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).
  4. Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar).

Sudyalar oliy maktabida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan va 35 (o‘ttiz besh) yoshdan kichik bo‘lmagan nomzodlar ariza bilan Sudyalar oliy kengashiga yozma yoki elektron shaklda ([email protected]) murojaat qilishlari mumkin.

Savollar bo‘yicha qo‘yidagi telefon raqami orqali bog‘lanish so‘raladi: +99871 215 73 10.

Ariza taqdim etishning oxirgi sanasi 2021-yil 12-fevral.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring