Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: «Bloger ishi» alohida nazoratda

Bosh prokuratura: «Bloger ishi» alohida nazoratda

Foto: Xabar.uz

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bo‘lib o‘gani haqida xabar bergandik.

Tadbir tafsilotiga kelsak, avvalo bloger Aziz Ashurboyevga oid savolga berilgan javobga to‘xtalish kerakday. Ma’lumki, kuni kecha coliq organlari tomonidan bloger A. Ashurboyevning telefoni hamda uning «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi olib qo‘yilganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev mazkur masala yuzasidan fikr bildirib, ushbu holat Bosh prokuraturaning alohida nazoratiga olinganligi, bugungi kunda Departament tomonidan davlat idoralari xodimlarining bloger A.Ashurboyevga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv tayinlanganligini aytdi. Bundan tashqari Bosh prokuratura O‘zbekiston blogerlarini doimo qo‘llab-quvvatlashi hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ham ma’lum qiladi.

Bu boshqa gap!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring