Bosh prokuror xodimlarini dalaga olib chiqdi
O‘tgan shanba kuni ertalab Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev poytaxt biqinidagi Qibray tumaniga bordi. Yuksak lavozimdagi shaxs shahardan bir qadam nariga yolg‘iz chiqmasligi ayon.
Bu safar ham shunday bo‘ldi: u o‘zi bilan markaziy mahkamaning katta-yu kichigidan tashqari Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Majburiy ijro byurosi mutasaddilarini ham oldiga solib bordi. Chunki, maqsad soya-salqinda majlis-u mashvarat o‘tkazish emas, naq dalaning o‘zida peshonani terlatib ishlash edi.
Ya’nikim, davlat rahbari tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasida ishtirok etmoq uchun tizim xodimlari qo‘liga belkurak- ketmon oldi. Va Qibraydagi bir necha gektarli tashlandiq holatda bo‘lgan yer maydonini tekislanib, shudgor qildilar, so‘ng mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda bir necha ming mevali ko‘chatlar ekib tashladilar.
Shu tariqa yangi bog‘ barpo etildi. E’tiborlisi, ushbu bog‘dan foydalanish va daromad olishga prokurorlar da’vo qilmaydi. Chunki, shu kuniyoq bog‘ tumanning uyushmagan yoshlariga teng bo‘lib berildi: hammasi ularga endi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter