Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror Tursunali Akbarovni taqdirladi

Bosh prokuror Tursunali Akbarovni taqdirladi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Sudyalar oliy Kengashi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunali Akbarovni «O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil» esdalik nishoni bilan taqdirladi.

Bosh prokuror tomonidan sud tizimi vakili taqdirlanishi ko‘p uchramaydigan holat, ammo ajablanarli emas. Chunki, har ikki tizimning ustuvor maqsadi bitta: jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash. Shuningdek, huquqiy targ‘ibot, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirishdek masalalarda ham ikki tizim faoliyatida uyg‘unlik aks etadi.

Bu boradagi ishlar samaradorligi esa ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik va matbuot kotiblarning faolligiga bog‘liq.

Tursunali Akbarovning taqdirlanishi uning huquqiy sohaga ixtisoslashgan jurnalist sifatida ko‘p yillik faoliyati e’tirofi hamda Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi  vazifasidagi kamtarona mehnatlariga berilgan e’tibordir, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

«Xabar.uz» jamoasi Tursunali Akbarovni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring