Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror aqlni shoshiruvchi fakt va raqamlarni tilga olmoqda

Bosh prokuror aqlni shoshiruvchi fakt va raqamlarni tilga olmoqda

Bosh prokuraturada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, videoselektor tarzida o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, hukumat a’zolari, parlamentning har ikki palatasi vakillari, tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlaridan tashqari ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etayotir.

E’tiborlisi, jurnalistlarga nafaqat muayyan vaqt, balki yig‘ilish oxirigacha ishtirok etish imkoniyati havola etilganidan tashqari tadbir nihoyasida ular uchun maxsus brifing tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning kun tartibidagi masala bo‘yicha ma’ruzasida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirliklar nomma-nom tilga olinmoqda, aqlni shoshirgulik raqamlar ochiq oydin aytilayotir...

Tadbir kutilganidan ham qiziq o‘tadi chog‘i...

Bizni kuzatishda davom eting...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring