Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturada qiynoqlar mavzuida brifing boshlandi

Bosh prokuraturada qiynoqlar mavzuida brifing boshlandi

Foto: Xabar.uz

Ayni paytda Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova qiynoqlar mavzuida brifing o‘tkazmoqda.

Bosh prokuratura Akademiyasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda mahkama huzurida faoliyat olib borayotgan Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ekspert guruhining yetakchi mutaxassislari va Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham ishtirok etishmoqda.

Foto: Xabar.uz

Mavzu mamlakatimizda qiynoqning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi masalasida bo‘lib, savol-javoblarga boy tarzda o‘tishi kutilmoqda.

Hozircha mutasaddilarning kun tartibidagi masala bo‘yicha qisqacha ma’ruzasi tinglanmoqda. Tadbirda ishtirok etayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarida mavzu bo‘yicha savollari ko‘pligi ularning andak sabrsizlik bilan yengil bezovta bo‘layotganidan ham bilish mumkin.

Tadbir savol-javob va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tadigan ko‘rinadi. Chunki, mavzu o‘ta dolzarb-da.

Xullas, tafsilotlar yaqin soatlarda. Saytimizni kuzatib boring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring