Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura xorijdagi yurtdoshlarimizni ogohlantirdi

Bosh prokuratura xorijdagi yurtdoshlarimizni ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijdagi yurtdoshlarimizni chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinchi qismiga ko‘ra yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, chet mamlakatlarda bo‘lib turgan hamyurtlarimizdan harbiylashgan tuzilmalarga yollanmaslikka, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqiramiz va bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida yana bir bor ogohlantiramiz, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.

Rossiyadagi huquqshunos migrantlarni ham harbiy xizmatga yollash boshlangani va buning oqibatlari haqida ogohlantirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring