Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Toshkentning «temir prokurori» ustidan tergov boshlanganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura Toshkentning «temir prokurori» ustidan tergov boshlanganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan o‘tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.A.Mirzayev, uning turmush o‘rtog‘i M.X.Mirzayeva, o‘g‘li A.M.Mirzayev ishtirokida juda ko‘p miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Mavzuga doir:

Gulnora Karimovani hibsga olishga sanksiya bergan Toshkentning «temir prokuror»i qo‘lga olindi


«Shu munosabat bilan, agar Siz ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan pora olish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki boshqa jinoiy qilmishlar oqibatida jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, Bosh prokuraturaga ariza bilan murojaat qilishingiz yoki 233-63-33, 236-00-76 telefon raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura 2-mart kuni Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring