Bosh prokuratura so‘xlik bloger haqida ma’lumot berdi
Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida So‘x tumanida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
«Shu bilan birga, fuqaro Haydarjon Boboxaydarov (bloger) jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan.
Tergov davomida X.Boboxaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) ta’minlangan.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter