Bosh prokuratura Quvadagi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashovchi er rashk oqibatida turmush o‘rtog‘ining bo‘yniga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgani haqida xabar berilgan edi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu hodisa haqida to‘liqroq ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2019-yil 25-sentyabr kuni soat 16-00da Farg‘ona viloyati Quva tumani Go‘zal mahallasida yashovchi fuqaro X.K. (1984-y.t.) ruhiyatida o‘zgarish yuz berib, turmush o‘rtog‘i M.K. (1991-y.t. uy bekasi)ni unga xiyonat qilganlikda asossiz gumon qilib, yashash xonadoni hovlisida uning tanasi turli joylariga xo‘jalik pichog‘i bilan bir necha marotaba urib, tan jarohatlari yetkazadi. Shu vaqtda turmush o‘rtog‘ining yordam so‘rab baqirgan ovozini eshitgan ovsini N.K. hodisa joyiga yetib keladi. Natijada X.K. jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmaydi.
M.K. og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilib, hayoti saqlab qolingan. Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 25-sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan X.K.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter