Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura navbatdagi moliyaviy piramidani fosh qildi

Bosh prokuratura navbatdagi moliyaviy piramidani fosh qildi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryoda soxta aksiyalarni pullab moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.

Unda T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki, «N.» xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 mln AQSh dollari yig‘ib olishgan.

Shuningdek, yanada ko‘proq pul mablag‘ jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida yig‘ilgan 9 mln AQSh dollaridan 800 ming AQSh dollarini odamlarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSh dollariga «Volkswagen», o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta «Lasetti» rusumli avtomashinasini va Qarshi shahridagi savdo do‘konini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring