Bosh prokuratura maxsus botni ishga tushirdi
Bosh prokuratura energiya resurslari o‘g‘riligi haqida xabar berish mumkin bo‘lgan botni ishga tushirdi.
Bosh prokuratura tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus telegram-bot dasturi (@EnergonazoratBot) ishlab chiqildi.
Endi fuqarolar o‘z hududlarida energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo‘lsa, bu haqda Bosh prokuraturaning maxsus telegram-boti orqali xabar yo‘llashlari mumkin.
Idora fuqarolarni jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga chaqirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter