Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: Buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan

Bosh prokuratura: Buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan

Foto: Xabar.uz

Prokuratura organlari tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning qoplanishi tahlil etildi.

2020 yilning 1 yanvar holatiga buzilgan mulklar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan qariyb 443 mlrd. so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lgan, biroq o‘tgan yilda bu qarzdorlikning atigi 202 mlrd. so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan, xolos.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, to‘langan qarzdorlikning 151,5 mlrd. so‘mi naqd pul, 10,7 mlrd. so‘mi yer berish, 39,2 mlrd. so‘mi mulk berish hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, hududiy hokimliklar tomonidan buzilishlar bo‘yicha qabul qilingan 52,6 mlrd. so‘mlik 196 ta qarorlarning 76 tasi yoki 39 foizi bo‘yicha amaldagi tartibga rioya etilmagan.

Avvalroq «snos»lar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qaror chiqargan va kompensatsiya majburiyatlarini bajarmagan hududlar ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring