Bosh prokuratura «anonim»lar bo‘yicha murojaat qildi
![Bosh prokuratura «anonim»lar bo‘yicha murojaat qildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1375014627.jpg)
Respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati yangi bayonot bilan chiqdi. Unda «prokuratura tizimini obro‘sizlantirish va qoralashga qaratilgan feyk va anonim xabarlar» masalasi ko‘tarilgan.
«So‘nggi kunlarda yirik internet nashrlari va blogerlarga mavhum sahifa (profil) lardan anonim shaxslar murojaat qilib, ular orqali prokuratura organlari xodimlari hamda prokuratura tizimini obro‘sizlantirish va qoralashga qaratilgan feyk xabarlarni yoritish bo‘yicha urinishlar kuzatilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston qonunchiligida yolg‘on va noto‘g‘ri axborotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan», deyiladi mahkama bayonotida.
Shu bilan birga, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi qat’iyyan qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter