Toshkentda koronavirus yuqtirgan yana bir bemor vafot etdi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20 iyun kuni bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018-yilda birinchi marotaba insult bo‘lgan) o‘ta og‘ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemorda 22 iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas berish apparatiga olingan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan ham nazoratga olinib, bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilgan.
Biroq shu soha mutaxassislarining standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, koronavirus aniqlangan shifokor vafot etgani xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter