Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Borsh uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kurashga polyaklar ham qo‘shildi

Borsh uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kurashga polyaklar ham qo‘shildi

Foto: «Wums.ru»

Borshning kelib chiqish borasidagi Rossiya va Ukraina bahsiga polyaklar ham qo‘shildi: ular ham ushbu taomni o‘zlariniki deb hisoblashmoqda. Bu haqda «The Times» xabar berdi.

Bahs-munozaralar Kiyev borshni Ukraina an’anaviy taomi sifatida YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritishni so‘ragandan so‘ng boshlandi. Bundan tashqari, «borsh uchun kurash» ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez kuzatilmoqda. Misol uchun, «The Times»ning yozishicha, «Twitter»da ukrainalik foydalanuvchilar sho‘rva retseptini keltirgan rossiyalik akkauntlarning ostida g‘azabli izohlarni qoldirmoqda.

Gazeta, shuningdek, borsh — bir qator slavyan xalqlari milliy oshxonasining ajralmas qismi hisoblanishini ta’kidlab o‘tgan. Bu haqda XVI asrga oid manbalarda keltirilgan. «The Times»ning o‘quvchilari esa, aksincha, borshni polyaklarniki deb tan olishni taklif qilishmoqda. Ayrim foydalanuvchilarning fikricha, aslida Varshava Moskva bilan Kiyev o‘rtasidagi munozaralarga aralashishi kerak. Chunki «polyaklarning borshi ancha yaxshiroq».

7-oktyabr kuni Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vazirligi huzuridagi nomoddiy madaniy meros bo‘yicha ekspertlar kengashi navbatdagi yig‘ilishda Ukraina borshini nomoddiy madaniy meros elementlari milliy ro‘yxatiga kiritishni taklif qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring