Boris Jonson ta’tildan erta qaytmoqda...
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri, ayni paytda Dominikan Respublikasida hordiq chiqarayotgan Boris Jonson, Liz Trassning bugungi iste’fosidan so‘ng, ta’tilini shoshilinch tugatib, qaytish taraddudiga tushdi. Do‘stlarining aytishicha, u kelayotgan dam olish kunlari Britaniyada bo‘ladi.
Ingliz matbuoti xabarlariga ko‘ra, Jonson uni yana Dauning-stritda ko‘rishni istayotgan Konservativ partiyadagi hamkasblaridan ko‘plab xabarlar olgan.
Avvalroq The Times gazetasi 6 sentyabrda iste’foga chiqqan Jonson bugun hukumat rahbarligidan ketgan Trassning o‘rnini egallash uchun kurashga qo‘shilishi haqida yozgandi.
Konservativ partiyaning yangi yetakchisi hamda Buyuk Britaniya hukumati rahbarligi uchun saylov tezlashtirilgan tartibda o‘tkaziladi — 28-oktyabrda yakunlanishi kerak. Yangi bosh vazir nomini kechi bilan 31-oktyabrda bilib olamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter