Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘rining qotilini topganga 10 ming yevro mukofot va’da qilindi

Bo‘rining qotilini topganga 10 ming yevro mukofot va’da qilindi

Foto:«Hurriyet»

Germaniya bo‘rilarni asrash uyushmasi Saksoniya federal birligida bo‘rini o‘ldirgan qotilni topgan kishi uchun 10.000 yevro mukofot va’da qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar qilmoqda.

«DW» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning Bautsen shahri yaqinidagi ko‘lda otib tashlangan bo‘ri jasadi topilgan. Vahshiy jonivor 1 yoshli nar bo‘lib, avval otib tashlangan, keyin ko‘ksiga beton parchasi bog‘lanib, suvga cho‘ktirilgan.

«Bu voqea insonning vahshiylashib borayotganini ko‘rsatadi», – deydi Bo‘rilarni asrash uyushmasi raisi Brigitte Sommer.

Germaniya qonunlariga ko‘ra, qotil topilsa, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Germaniya zaminida 150 yil mobaynida bo‘rilarni uchratish qiyin edi. 2000 yildan keyin Germaniyada yana bo‘rilar paydo bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring