Bombali xatlarni jo‘natishda gumondor shaxs Floridada qo‘lga olindi
AQShning Florida shtatida siyosatchilar manziliga bombali jo‘natmalar yuborishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «CNN»ga asoslanib «Meduza» xabar berdi.
«NBC» ma’lumot berishicha, nomi sir tutilayotgan erkak kishi so‘roq qilinyapti. Hozircha boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
So‘nggi kunlarda qo‘lbola portlovchi qurilmalar joylangan jo‘natmalar siyosatchilar Barak Obama, Jo Bayden, Hillari Klinton, biznesmen Jorj Soros, aktyor Robert De Niro hamda bir necha nafar kongressmenga jo‘natilgandi. Bu insonlarni birlashtirib turuvchi bir jihat bor — ularning barchasi Donald Tramp yuritayotgan siyosatni yoqtirishmaydi.
Barcha bombali pochta jo‘natmalari teskari manziliga respublikachi kongressmen Debbi Shulsning Floridadagi qarorgohi ko‘rsatilgandi.
Shu paytgacha aniqlangan bombali jo‘natmalardan hech kim jabrlangan emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter