Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolasini ayiq qafasiga tashlagan onaning holati bo‘yicha ma’lumot berildi

Bolasini ayiq qafasiga tashlagan onaning holati bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Aleksandr Judro

Toshkent hayvonot bog‘ida qizalog‘ini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol  haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi ayol haqida ma’lumot berdi.

O‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari 1991 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Sergeli tumani «Qumariq» mahalla fuqarolar yig‘ini Obod ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.T. va uning 2018 yilda tug‘ilgan qizi, fuqaro Z.A. ekani aniqlangan. Z.T. ismli ayol hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Y.T.ga tegishli xonadonda 2 nafar farzandi bilan yashab kelgan.

U bilan suhbat davomida Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, turmush o‘rtog‘i, 1990-yilda tug‘ilgan, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan fuqaro N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

Fuqaro Z.T. oilasi bilan muqaddam Sergeli tumanidagi «Yangi Bunyodobod» mahallasida ijarada yashagan. Ajrim yoqasidagi oilaning holati mahalla raisi N.Yo‘ldosheva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor O.Ashurova tomonidan ko‘p bora o‘rganilgan, oilani yarashtirish choralari ko‘rilgan.

Z.T. 2021 yilda «ayollar daftari»ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Hozirda hodisadan jabrlangan qizga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi qizchaning sog‘lig‘i xususida xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring