«Bolalarimga o‘rnak bo‘lishga harakat qilaman...» – Rossiyada o‘zbekistonlik erkak topib olgan 5 mln rublini egasiga qaytardi
Joriy yil 3-may kuni Moskvaning Strogino tumanida 15 yildan buyon ko‘cha supuruvchisi bo‘lib ishlab keladigan o‘zbekistonlik Usmon Meliyev shu yerda yashovchi oilaning e’tiborsizligi sabab axlatga tashlab yuborgan 5 mln rubl miqdoridagi pullarini topib berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, xonadon ayoli uyini tozalaganda eski narsalarni axlatga chiqarib tashlagan, biroq u chiqargan narsalar orasida erining yashirib qo‘ygan 5 million rubli ham bo‘lgan. Ayol bu haqda eri uyga kelganidan so‘ng bilgan.
Usmon bu hududda ko‘plab topilmalarni uchratishi va imkonini topib egalariga qaytarib kelishini bildiradi. Topilmalar orasida planshet va, hatto tilla zanjirlar ham bo‘lgan.
«O‘zbekistonda qizim va o‘g‘lim maktabga chiqadi. Men har doim ular uchun namuna bo‘lishga harakat qilaman», – deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter