Bolalari bilan yerto‘lalarda yashab yurgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Yosh ayol farzandlari bilan hayotning qiyin sinovlaridan o‘tib, Vatanga qaytdi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, andijonlik G.U.ga tanishlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan ish taklif qildi. U 2021-yil dekabr oyida 2 nafar farzandi bilan Rossiyaga ishlash uchun jo‘nadi.
G.U. Moskvada ham qiynaldi, ish joyidan oylik maosh ololmadi. Turar joysiz, ko‘pqavatli uylarning yerto‘lalarida yashab yurdi. Qurilish ishlarida mehnat qildi.
Yosh ayol 2 nafar farzandi bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti mablag‘lari hisobidan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida Vatanga olib kelindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter