Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar personajlarini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bosh sovrin — 10 mln so‘m

Bolalar personajlarini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bosh sovrin — 10 mln so‘m

Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda joriy yil 26-yanvaridan 15-fevraliga qadar original qahramonlar yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabul qiladi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Yaratilgan tasvirlardan bolalar adabiyoti hamda MTVning multimedia mahsulotlarida foydalanilishi mumkin.

Tanlov doirasida ishtirokchilar (yoki ishtirokchilar jamoasi) o‘zbek halqi madaniyati, an’analari va o‘ziga xosligi bilan ramziy bog‘liq bo‘lgan bolalar personajlari/personajlar guruhi (odamlar, hayvonlar, to‘qima qahramonlar, jonsiz predmetlar)ni yaratishlari lozim.

Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi: birinchi bosqichda halq tomonidan ovoz berish asosida 10 ta eng yaxshi ish tanlab olinadi, ikkinchi bosqichda esa komissiya bitta g‘olib va ikkita sovrindorni tanlab oladi. Bosh sovrin — 10 mln.so‘m.

Yakuniy bosqich ochiq muhokama shaklida o‘tkaziladi. Komissiya uchta eng yaxshi ishni, 14 hududdagi MTM bolalari esa «Bolalar mehrini qozongan ish» bo‘yicha g‘oliblarni tanlab oladilar.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari faxriy diplom, homiylarning esdalik sovg‘alari, shuningdek MTV pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Birinchi o‘rin — 10 mln. so‘m;

Ikkinchi o‘rin — 6 mln.so‘m;

Uchinchi o‘rin — 4 mln.so‘m.

Tanlovga jismoniy va yuridik shaxslar www.tanlov.mdo.uz da ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha ochiq oferta shaklida qo‘yiladilar. Har bir ishtirokchidan cheklanmagan miqdorda ishlar qabul qilinadi. Tanlovga o‘z ishini yuborgan shaxs avtomatik tarzda ochiq oferta shartlarini qabul qilgan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring