Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bolalar kitobi» ko‘rgazmasi ish boshladi

«Bolalar kitobi» ko‘rgazmasi ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bugun, 25 sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Bolalar kitobi» respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi bir qancha nashriyotlar o‘zlarining turli adabiyot namunalari bilan qatnashishdi.

Xususan, yetakchi nashriyotlardan biri «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham o‘zining 60 ga yaqin sara adabiyot namunalari bilan ishtirok etdi. Bolalar uchun mo‘ljallangan qator adabiyotlar bilan bir qatorda, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, turli qo‘llanmalar, lug‘atlar va boshqa turdagi kitob mahsulotlarini taqdim etdi.

Taqdim qilingan kitoblar orasida yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar, xususan, bolalar uchun «O‘zbek xalq ertaklari» (nemis tilida), «Uchar gilam», «Quvnoq mevalar va raqamlar», «Azbuka Ved», «Gramotyonok», «Vesyolie sifri» kabi kitoblar, shuningdek, o‘zbek adabiyotidan O‘.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», «Hajviy hikoyalar», E. Vohidovning «Inson», M. Qoriyevning «Spitamen», jahon adabiyotidan T. Drayzerning «Amerika fojiasi», R.Guntekinning «Choliqushi», P. Koyeloning «Alkimyogar» kabi asarlar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, mazkur ko‘rgazma 2 kun davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring