Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bolajon» kanalida «Onlayn bog‘cha» namoyish etiladi

«Bolajon» kanalida «Onlayn bog‘cha» namoyish etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Milliy teleradiokompaniyasi yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta’lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta’lim loyihalarini qamrab oladi:

— «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;
— «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.

Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?

20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta’lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:

«Ilk Qadam» — bu:

— quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;
— interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;
— mental arifmetika va matematik hisob asoslari;
— yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);
— mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);
— logoped bilan mashg‘ulot.

«Aqlvoy» — bu:

— MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta’lim ko‘rsatuvlari;
— mahorat sinflari;
— uy sharoitlarida amaliy tajribalar.

Mashg‘ulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?

TELEVIDENIYe

1 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 16:00 gacha.

INTERNET

Onlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:
— MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz
— Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3JzcmsPO0jpg
— instagram: @mdo.uz (https://instagram.com/mdo.uz)
— facebook: @mtv.gov.uz (https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring