Bola tug‘ilishi bilan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi

Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab, nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.
Bundan tashqari, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, «Sirdaryo tajribasi» asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablari tashkil qilinadi.
Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab, «Barkamol avlod» bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter