Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokudagi «Trump Tower»da sodir bo‘lgan yong‘in videosi namoyish qilindi (video)

Bokudagi «Trump Tower»da sodir bo‘lgan yong‘in videosi namoyish qilindi (video)

Foto: «Gazeta.ru»

Kecha, 28-aprel kuni Bokudagi eng baland binolardan biri sanalgan «Trump Tower»da yong‘in ro‘y berdi. Mazkur voqeaning guvohiga aylangan kishilar uni tasvirga olganlar. «Gazeta.ru» sayti mazkur yong‘in videolavhasini o‘z saytida joylashtirdi.

Ushbu tasvirda qalin tutun bino yuqorisidan osmonga o‘rlayotgani aks etgan. «Trump Tower Boku» 33 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 130 metrni tashkil etadi.

Avvalroq, Nyu-Yorkda joylashgan «Trump Tower» binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring