Bokudagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Ozarbayjon poytaxtidagi narkologiya dispanseri binosida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib «РИА Новости» xabar bermoqda.
Ma’lumki, 25 kishini hayotdan olib ketgan yong‘in 2-mart kuni ertalab sodir bo‘ldi. Hodisaga elektr tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ushbu fakt yuzasidan Bosh prokuraturaning Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 225-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) va 308-moddasi (mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish) bo‘yicha surishtiruv-tergov ishlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter