Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokuda yo‘l xizmati xodimi dahshatli halokat qurboniga aylandi

Bokuda yo‘l xizmati xodimi dahshatli halokat qurboniga aylandi

Foto:«Facebook»

Bokuda yo‘l xizmati xodimi og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «Ozarbayjon avtomobil yo‘llari» davlat agentligi matbuot xizmati rahbari Anor Najafli o‘zining «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Najaflining yozishicha, mazkur baxtsiz hodisa birinchi Boku halqa yo‘lidagi ta’mir ishlari vaqtida sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra yuk mashinasining tormozidagi nosozlik tufayli uchta mashina to‘qnashib ketgan va xizmatchi ham shu joyda qurbon bo‘lgan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring