Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boksdan qizlar o‘rtasida ilk jahon chempioni chiqdi!

Boksdan qizlar o‘rtasida ilk jahon chempioni chiqdi!

Polshaning Kelse (Kielce) shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatda 54 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova barcha raqibalarini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.

U final jangida ukrainalik Kristina Lakichuk ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Nigina O‘ktamova Jizzax davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi. U 2003 yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan.

Vatandoshimiz Nigina O‘ktamova o‘zbek bokschi qizlari ichida jahon chempioni maqomiga erishgan ilk sportchiga aylandi. Ushbu g‘alabasi bilan u o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochib berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring