Boks oqshomi: Iqboljon, Sanjar va Hasanboy janglarini o‘tkazishdi

Toshkentdagi «Humo Arena» saroyida bo‘lib o‘tayotgan professional boks kechasida uch nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazishdi.

Dastlab, professional ringdagi debyut jangini o‘tkazgan Iqboljon Xoldorov tanzaniyalik Kulva Bushirini ikkinchi raunddayoq ringga qulatdi.

Keyin Sanjar Tursunov professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazdi. Uning ukrainalik Ivan Yuxta bilan kechgan bahsi 6 raund davom etdi. Sanjar ochkolar hisobida g‘olib bo‘ldi.
Boks kechasining uchinchi jangi Hasanboy Do‘smatov va tanzaniyalik Muhsin Kizota o‘rtasida kechdi. Hasanboyning ketma-ket aniq zarbalaridan so‘ng hakam ikkinchi raunddayoq jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter