Boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturida terma jamoamiz safida Fanat Qahramonov bahs olib bordi.
-75 kilogramm vazn toifasida mo‘g‘ulistonlik Davanyam Davasurenga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Qahramonov ikkinchi bosqichni 14-sentyabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter