Bo‘kadan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta o‘rta asrlarga oid Toshkent vohasining arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topilgan.
Ayniqsa, ularning orasida sirtiga ayol qiyofasi bo‘rttirib, gavdalantirilgan toshbaqasimon ko‘za noyobdir. U qadimgi yunon an’anasiga mos ravishda ishlangan. Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Idishda yunon ma’budasining tasviri o‘z aksini topgan.
Ma’lumot uchun, xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter