Bo‘kada telekommunikatsiya infratuzilmasi yangitdan shakllantiriladi
Shu kunlarda Bo‘ka tumanida ishlar qizg‘in pallaga kirgan. Jarayonlar soat sayin o‘zgarib bormoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlari tinim bilmayapti, hisobotlardagi raqamlar, ko‘rsatkichlar davomiy o‘zgarib bormoqda. Bo‘ka tuman hokimligi, sektorlar shtabiga borsangiz, loyihachilar va ijrochilarning qizg‘in bahs-muhokamalari ustidan chiqasiz, deb xabar bermoqda AKT vazirligi matbuot xizmati.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish»ning Bo‘ka tumanidagi aprobatsiyasi ijrosi, hozirgacha amalga oshirilgan ishlarning sarhisobini qilish, galdagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov mazkur tumanda bo‘ldi.
Vazir tumanda ish olib borayotgan vazirlik ishchi guruhi bilan uchrashib, uchinchi tashabbus doirasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish bo‘yicha taklif qilinayotgan loyihalarni tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqdi.
Shuhrat Sodiqov Bo‘ka tumani markazida joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» AJ ma’muriy binosi bazasida tashkil etilayotgan «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»dagi qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni, tumandagi bir qator maktablarda kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etishga oid ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tumandagi «Bo‘ston» MFYda uchinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Bo‘ka tumanidagi barcha maktablarda tashkil etilayotgan kompyuter sinflarida yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun optik tolali aloqa liniyasi asosida telekommunikatsiya infratuzilmasi tashkil etilmoqda.
Muxtasar aytganda, tashkil etilayotgan optik aloqa liniyalari orqali ijtimoiy infratuzilma obektlari bilan bir qatorda, aholi uchun ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga imkoniyat yaratilmoqda.
Hozirgi kunda mavjud 73 ta maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash ob’yektlarining 36 tasiga 170 km. optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi. 12 ta obektga yakuniy qurilmalar o‘rnatilib, internet tarmog‘iga ulandi. Shu bilan birga mobil aloqa qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida «Katta Rovot» hamda «Ko‘korol» MFY hududida «Uzmobile» mobil aloqa operatorining baza stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Tumandagi Bo‘ston yoshlar bog‘i, madaniyat saroyi va musiqa maktabida o‘rnatilgan Wi-Fi qurilmalari ishga tushirildi. Qolgan obektlar bo‘yicha ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.
Mazkur beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun navbatdagi manzillar – Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlari belgilangan. U joylarda ham hozirning o‘zida ishlar boshlab yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter