Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bojxonachining uyidan 311 ming dollar chiqdi, bu hali hammasi emas» – Bosh prokuror

«Bojxonachining uyidan 311 ming dollar chiqdi, bu hali hammasi emas» – Bosh prokuror

Nig‘matilla Yo‘ldoshev yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi korrupsiya holatlarini alohida tilga oldi.

O‘tgan ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimi jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Masalan, «Ark buloq» bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub’yektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida o‘tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan.

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, «Toshkent siti» majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda «Kaptiva» avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Hozirda J. va sheriklari sud oldida javob bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring